Filial yangiliklari: Kategoriya arxivlari

TTA Farg‘ona filialida umumxalq xayriya hashari (1-kun tafsilotlari)

O‘zbekistonda 18-19 mart kunlari umumxalq xayriya hashari munosabati bilan 18 mart kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida xayriya hashari o‘tkazildi. O‘tkazilgan xayriya hasharida filialning professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda xodimlari qatnashdilar. Filialning professor-o‘qituvchilar hamda talabalar bilan birgalikda Farg‘ona shahrida joylashgan “Bolajon” ko‘ngilochar bo‘g‘’ida xayriya hashari amalga oshirildi.

1

TTA Farg‘ona filialida 21 mart “Navro‘z” umumxalq bayram tadbiri o‘tkazildi

2018-yil 16-mart kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialida kengaytirilgan “Navro‘z” bayrami o‘tkazildi. O‘quv binolari va talabalar turar joylari hududi hamda bayram tadbirlari o‘tadigan joylar Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan peshlavhalar hamda shiorlar bilan bezatildi. Bayram munosabati bilan filialda “Sumalak” pishirildi va barchaga tarqatildi. Qo‘y so‘yilib, bayramga 500 nafar professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar ishtirok etdi. Viloyat tashkilotlaridan mehmonlar tashrif buyurishdi. Milliy toamlar pishirildi va stollar bezatildi.

20180316_112120

E L O N !

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali “Biyokimyo, biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasida joriy yilning 5 fevral kuni Kimyo, biologik kimyo va molekulyar biologiya fanidan “Lipidlar almashinuvi” mavzusida I.Raxmatullayev, 12 fevral kuni Fizik kimyoviy laboratorik tekshirish usullari fanidan “Refroktometriya” mavzusida M.Botirov ochiq ma’ruzalar o‘tishi rejalashtirilgan.

2016_123-350x138