Filial yangiliklari: Kategoriya arxivlari

“Korruptsiyaga va jinoyatchilikka qarshi kurashish” masalasida yig’ilish

Joriy yilning 29 yanvar kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filiali yigʻilishlar zalida DXX Fargʻona viloyat boshqarmasi, viloyat prokuraturasi xodimlari, filial professor-o’qituvchilari va xodimlari ishtirokida  “Korruptsiyaga va jinoyatchilikka qarshi kurashish”  masalasida yig’ilish bo’lib o’tdi.

photo_2019-01-31_08-50-16 

“Islomda ekstrimizm va terrorizmga oʻrin yoʻq” mavzusida davra suhbati

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2019 yil 17 yanvardagi 89-03-281-sonli xatiga asosan 2019 yil yanvar-fevral oylari davomida Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filiali professor-oʻqituvchilari va talabalari orasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida 28 yanvar kuni “Tinchlik-eng oliy ne’mat” hamda “Islomda ekstremizm va terrorizmga oʻrin yoʻq” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

photo_2019-01-29_09-21-18

Ekologik umumxalq xayriya hashari

Hashar deb atalgan tadbir ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Mazkur tadbirda yoshu-keksa otaxonlarimiz ishtirok etib, farzandlaru, nabiralarga xalqimiz ma’naviyatida, tarixida bir necha yuz yilliklardan buyon e’zozlanib kelinayotgan urf-odatlar, qadryatlarning mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar beradilar.

photo_2019-01-29_09-14-30

“Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlarini shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etish

Davlat rahbarining 2018 yil 24 dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 4075-son qarorida har bir mahallada “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlarini shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etishda Toshkent shahri tajribasini respublikaning barcha hududlariga tatbiq etilishi ko’rsatib o’tilgan edi. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Farg’ona shahrida har bir mahallada “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari tashkil etildi. “Fidokor yoshlar” guruhi tarkibida Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg’ona filialining 22 nafar talabalari ham a’zo bo’ldi.

IMG_20190123_133036_530