Yangiliklar: Kategoriya arxivlari

O‘zbekistonda 100 mln yevrolik ko‘p tarmoqli Germaniya klinikasi barpo etiladi

14-yanvar kuni Berlin shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston—Germaniya biznes forumi doirasida umumiy qiymati 4 milliard AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar imzolandi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

photo_2019-01-16_11-05-10

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligiga 27 yil

Joriy yilning 15-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligi 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan “Vatan-muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchidir!”  shioriostida Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filialida bayram tadbiri oʻtkazildi.

photo_2019-01-15_15-17-44

Farg‘onada o‘tkazilgan harbiy-vatanparvarlik festivali

Prezidentimizning joriy yil 13-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27-yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishga muvofiq, 2018-yil 15-dekabrdan joriy yilning 15-yanvarga qadar mamlakatimizda vatanparvarlik oyligi o‘tkazmoqda. 11-yanvar kuni Farg‘onada boshlangan mazkur vatanparvarlik oyligining festivali Mudofaa vazirligi Sharqiy harbiy okrugi Fargʻona dala maydonida tashkil etildi. Tadbirda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, keng jamoatchilik, harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

photo_2019-01-11_10-34-29

Toshkentda ilk bor tanosil xastaligi bo‘lgan bolalarda laparoskopik operatsiya o‘tkazildi

Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy pediatriya tibbiyot markazi bolalar jarrohligi bo‘limida 3-yanvardan 7-yanvarga qadar tanosil tizimi rivojlanishida tug‘ma nuqsonlari va buyrak-tosh xastaligi bo‘lgan bolalarda ilk bor operatsiyalar o‘tkazildi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

laporaskopiya