Yangiliklar: Kategoriya arxivlari

TTA Farg’ona filiali qoshidagi Bag’dod akademik liseyi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg’ona filiali qoshidagi Bag'dod akademik liseyi Biofizika va biokimyo kafedrasi bilan o'quv, o'quv-uslubiy va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha hamkorlikda ishlab kelmoqda. Kafedra xodimlari o’quv yili davomida 6 marta liseyga borib o’zlarining predmetlari bo’yicha lisey o’qituvchilariga uslubiy yordamlar ko’rsatdilar. Xar bir tashrif davrida talabalar bilan uchrashuvlar o’tkazilib, ayrim mavzular bo’yicha ma'ruzalar, davra suxbatlari va ochiq darslar o’tkazib keldilar.

l1 l2

Liseyning kompyuter sinfiga o’quvchilar bilimini reyting mezonlari asosida baxolash uchun “Reyting” kompyuter dasturi o’rnatib berildi. Kompyuter dasturi bazasini to’ldirish bo’yicha lisey o’qituvchilariga trening o’tkazildi va ularga topshiriqlar berildi. O’quv yili oxiriga qadar lisey o’qituvchilari bazaga joylashtiriladigan test savollarini barpo qildilar va ular kompyuter bazasiga kiritildi. Akademik lisey direktori kafedra mudiri M.Qoraboev raxbarligida akademik lisey o’quvchilarini kasbga yo’naltirish va ularda intellektual saloxiyatni oshirish mavzuida nomzodlik dissertasiyasi ustida ilmiy izlanish olib bormoqdalar. Hozirga qadar olingan natijalar bo’yicha 2012 yil 16-17 fevral kunlari Toshkent shahrida o’tkazilgan ««Подготовка оброзованного и интеллектуально развитого поколения – как важнейшее условие устойчивого развития и модернизации страны»» mavzusidagi xalqaro konferensiyaga “Организационно- педагогические аспекты развитие интеллектуального потенциала учащихся академического лицея” mavzusidagi maqola jo’natildi.

Bog’dod akademik liseyi 0510 gurux o’quvchisi Olimjonov Shukurjon viloyat kasb hunar kollejlari va akademik lisey o’quvchilari orasida o’tkazilgan informatika fani bo’yicha olimpiadada qatnashib 1 o’rinni egalladi. Olimjonov Shukurjonni olimpiadaga tayyorlashda informatika o’qituvchisi Mamajonov Ulug’bek bilan bir qatorda kafedra assistenti A.Abdumannonov qatnashdi.

l3 l4

2012 yil 16 martda Bog’dod akademik liseyida Farg’ona viloyat “Kamolot” YoIH boshlang’ich tashkiloti, Viloyat kasb hunar kollejlari hududiy boshqarmasi va TTA Farg’ona filiali hamkorlikda o’tkazilgan “Bilimimiz va iste'dodimiz sen uchun Vatan” mavzusidagi o’quvchilar festivali bo’lib o’tdi. Festival ko’tarinki ruxda sermazmun o’tkazishda TTA Farg’ona filiali Biofizika va biokimyo kafedasi xodimlarining xizmati katta.

Biofizika va biokimyo kafedrasi tashabbusi bilan lisey bitiruvchilarini 2012 yil 14 may kuni TTA Farg’ona filialiga kasbga yo’naltirish bo’yicha ekskursiya tashkil qilindi. Ekskursiyada 22 nafar lisey o’quvchilari qatnashdi va ularni filial xayoti bilan tanishtirishda kafedra xodimlari bilan dekanat ishtirok etdi.

l5 l6

Iyun oyida akademik lisey bitiruvchilar va ukituvchilari bilan ukuv yili yakunlari buyicha tadbir utkazilib tadbirda dastlab talabalar tayorlagan badiy chikishlar namoish etildi va sung kafedramiz mudiri M. Qoraboev bilan yil yakuni va shu bilan yangi yilga tayorgarlik ishlari buyicha talaba va o’qituvchilarga maruza qildik. Yil davomida uzini ko’rsatgan talaba va o’qituvchilarga xomiylar tomonidan mukofotlar taqdim qilindi.

Tadbirda kafedramiz xodimlari talabalga sog’lom turmursh tarzi va oilaga kurish masalalari, erta turmushga chiqishni oldini olish bo’yicha savol javobli davra suxbati o’tkazishdi.

l7 l8

Sog’liqni saqlash vazirligining 154 buyrug’iga asosan lisey o’qituvchi xodimlari uchun fanlarni o’qitish va bilimlarni baxolash buyicha master klass treyninglari o’tkazildi. Liseydagi o’qituvchi xodimlar bilan kelgusidagi ilmiy izlanishlar olib borishda xamkorlik qilish bo’yicha kelishib olindi va tatil vaqtida o’zlari ustida ishlab, kelgusidagi ilmiy izlanishlari rejalarini tuzib chiqish haqida kelishib olindi.

l9 l10