Xalqaro hamkorlik

O’zbekiston hamda Rossiya o’rtasidagi Xalqaro forum doirasida Rossiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari o’rtasida malakali mutaxassislarni hamkorlikda tayyorlash maqsadida qo’shma loyihalarni amalga oshirish bo’yicha shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan edi. Shunday tadbirlardan biri bugun 2018 yil 24 oktyabr kuni Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Farg’ona filialida  I.P.Pavlov nomidagi Sankt Peterburg (Rossiya) medisina universiteti professori O.D.Yagmurov va admiral S.O.Makarov nomidagi dengiz va daryo floti davlat universiteti xalq huquqi kafedrasi bo’shlig’i V.L.Popovlarning ” Судебно-медицинская экспертиза транспортной травмы” va “Ненасильственная смерть детей” mavzusida ma’ruza va master klasslar o’tkazildi.

3

Bunda  TTA Farg’ona filiali professor-o’qituvchilari 3,4,5 – bosqich talabalari va Fargʻona viloyati Sud-tibbiyot ekspertizasi xodimlari faol qatnashdilar. Leksiya qatnashchilarda katta qiziqish uygʻotdi. Ayniqsa, yo’l transporti hodisa natijasida kelib chiquvchi jarohatlarni to’g’ri aniqlab ekspertizadan oʻtkazish mavzusida ko’p ma’lumot olindi va bahs-munozara bo’lib o’tdi.

1

4

Leave a Reply