“Biz sogʻlom turmush tarafdorimiz” va “Yoshlar huquqlari toʻgʻrisida”gi konvensiya loyihasi yuzasidan davra suhbati
22 fevral kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filiali talaba-yoshlar oʻrtasida “Biz sogʻlom turmush tarafdorimiz” va “Yoshlar huquqlari toʻgʻrisida”gi konvensiya loyihasi yuzasidan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Fargʻona viloyati Adliya boshqarmasi mutaxassisi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Fargʻona viloyat boʻlimi xodimi, TTA Fargʻona filiali katta yurist-konsultanti, Fargʻona viloyati OITSga qarshi kurash markazi mutaxassislari , professor-oʻqituvchilar va talabalar qatnashdilar. Davra suhbati davomida yigʻilganlarga sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, OIV/OITS kasalligi, giyohvandlik, ichkibozlik, tamaki chekish kabi illatlarning oldini olish haqida gapirildi. Tadbir soʻngida ishtirokchilar qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Leave a Reply
You must be logged in to post a comment.