Yangiliklar: Kategoriya arxivlari

Farg‘onada o‘tkazilayotgan “Vatanparvarlik oyligi” tadbirlari

Prezidentimizning joriy yil 13-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27-yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishga muvofiq, 2018-yil 15-dekabrdan joriy yilning 15-yanvarga qadar mamlakatimizda vatanparvarlik oyligi o‘tkazmoqda. 11-yanvar kuni Farg‘onada boshlangan mazkur vatanparvarlik oyligining festivali Mudofaa vazirligi Sharqiy harbiy okrugi Fargʻona dala maydonida tashkil etildi. Tadbirda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, keng jamoatchilik, harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

photo_2019-01-11_10-34-29

Toshkentda ilk bor tanosil xastaligi bo‘lgan bolalarda laparoskopik operatsiya o‘tkazildi

Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy pediatriya tibbiyot markazi bolalar jarrohligi bo‘limida 3-yanvardan 7-yanvarga qadar tanosil tizimi rivojlanishida tug‘ma nuqsonlari va buyrak-tosh xastaligi bo‘lgan bolalarda ilk bor operatsiyalar o‘tkazildi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

laporaskopiya

O‘zbekistonda harbiy qism komandirining tavsiyanomasi faqat harbiy oliygohlar uchun imtiyozga ega bo‘ladi

O‘zbekistonda harbiy xizmatni o‘tagan abituriyentlarga alohida kvotalar ajratish va test sinovlarini o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda Davletovuz Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

imtiyez_va_imkoniyat_20_02_2017

O‘zbekistonda tez tibbiy yordam xizmatida endi aviatsiya texnikasidan ham foydalaniladi

Sir emaski, ilgari shoshilinch tibbiy yordamga mo‘ljallangan avtotransportlar hatto 10-12 yillab ishlatilardi. Oqibatda manzilga o‘z vaqtida yetib borish, bemorni tibbiyot muassasasiga yetkazish kabi vazifalarni bajarishda muammolar kuzatilardi, deyiladi O‘zA xabarida. Bu kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida oxirgi ikki yil ichida O‘zbekistn miqyosida 1450 yaqin yangi avtotransport sog‘liqni saqlash tizimiga ajratildi. 91 ta Nissan, 140 ta Hyundai, shuningdek, gumanitar yordam sifatida esa joylarga 50 ta Toyota yetkazib berildi. 231 ta tez yordam mashinasi zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi.

ac7b1779_6d0d_4287_b3c0_3fd7ff587371