Monthly Archives: Fevral 2019

“Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” II Respublika tanlovi

Bizga maʼlumki 2018 yilning oktyabr oyida Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va Oʻzbekiston Ixtirochi ayollari markazi tomonidan “Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” II Respublika tanlovi eʼlon qilingan edi.Tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad xotin-qizlar innovatsion g‘oyalari, loyihalari va ishlanmalarini joriy etishlarida har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat boʻlib, unda olima, o‘qituvchi, ixtirochi, muhandis, konstruktor, dasturchi, shifokor, farmatsevt, mutaxassis, tadbirkor va hunarmand ayollar xamda iqtidorli talaba va o‘quvchi qizlar o‘z ixtirolari, innovatsion g‘oya va loyihalari bilan ishtirok etishdi.

photo_2019-02-27_09-35-48

“Biz sogʻlom turmush tarafdorimiz” va “Yoshlar huquqlari toʻgʻrisida”gi konvensiya loyihasi yuzasidan davra suhbati

22 fevral kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filiali talaba-yoshlar oʻrtasida “Biz sogʻlom turmush tarafdorimiz” va “Yoshlar huquqlari toʻgʻrisida”gi konvensiya loyihasi yuzasidan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

photo_2019-02-28_11-07-47

Mahorat maktabi – master klass darslari

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali “Tibbiy fundamental fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi”da tahsil olayotgan Tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishi 1-kurs 72 nafar – 418-918 o‘zbek va 24 nafar-1018-1118 rus guruh talabalariga, 2019 yil 18-21 fevral kunlari, Toshkent Davlat Stomatologiya institutining “Gistologiya va tibbiy biologiya” kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori Akrom Yuldashevich Yuldashev tomonidan Gistologiya, sitologiya, embriologiya fanidan ma’ruza hamda “Fiziologiya va patologiya” kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Aziza Abdurishidovna Nishonova tomonidan Fiziologiya fanidan 18 soatdan ma’ruza o‘qidilar va Master klass mashg‘ulotlari olib bordilar.

1

Farg‘onada “Bir umrga yorqin tabassum” dasturi ish boshladi

O‘zbekiston stomatologlar uyushmasidan «COLGATE» kompaniyasi ko‘magida Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialida “Bir umrga yorqin tabassum” stomatologik kasalliklar profilaktikasini targ‘ib etish dasturi ish boshladi.

Dastur bolalarda yoshlik davrdan boshlab og‘iz bo‘shlig‘ini to‘g‘ri parvarish qilish borasida mustahkam ko‘nikma hosil qilish hamda stomatologik kasalliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar majmuidan iboratdir.

IMG_20190219_185837_333


goedkope vliegtickets