Shavkat Mirziyoyev innovatsion klinikani ko‘zdan kechirdi

Davlat rahbari Mirzo Ulug‘bek tumanidagi DMC (Maqsudova nomidagi klinika) xususiy klinikasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

b1cbdee2-874d-b836-31e1-7893c3bcb0b9

Mazkur shifo maskanida oftalmologiya, neyrojarrohlik, plastik jarrohlik, kardiologiya, pediatriya, reabilitatsiya kabi o‘n beshdan ortiq ixtisoslik bo‘yicha tashxislash va davolash yo‘lga qo‘yilgan. Bu jarayonga tibbiyoti rivojlangan davlatlarda qo‘llanilayotgan amaliyot va texnologiyalar joriy etilgan.

6b5cd506-cb9d-04b1-ee3b-8a382784b7e0

10e5ea12-0794-e981-ca1f-a7da8002b205

Xususan, klinika AQSh, Germaniya, Avstriya, Yaponiyada ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Shifokorlar Germaniya, Avstriya, Hindiston, Janubiy Koreya, Yaponiyadagi yetakchi tibbiyot markazlarida malaka oshirgan.

Bemorlar birinchi qavatda tashxisdan o‘tkazilib, mutaxassislar maslahatini oladi. Ikkinchi qavatda jarrohlik amaliyotlari bajariladi. Zarur hollarda yuqori qavatlarda yotib davolanadi.

968a13b4-d7d8-8656-78d5-e3092545a5d2

Prezident innovatsion klinikadagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, shifokorlar bilan suhbatlashdi. Kasalliklarni erta aniqlash va davolash, sifatga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

– Biz nima uchun tibbiyotda xususiy tarmoqqa sharoit yaratyapmiz? Raqobat bo‘lishi kerak. Raqobat bo‘lsa, sifatga intilish bo‘ladi, davolash, xizmat ko‘rsatish yaxshilanadi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

2c2f44ea-2619-3147-a84b-007414fd69d6

Klinika ko‘rish qobiliyatini tiklash bo‘yicha yetakchi markazlardan biridir. Bu yerda ko‘z to‘r pardasi kasalliklari va patologik holatlarni tashxislash imkonini beradigan Topcon tamograf-angiograf tekshiruvi, neyrofiziologik reabilitatsiya, kompyuterli bioboshqaruv kabi noyob davolash usullari qo‘llaniladi.

Prezident kompyuterli bioboshqaruv xonasida ham bo‘lib, bu usul orqali medikamentlarsiz davolash, ruhiy va nutqiy nuqsoni bor bemorlarni sog‘lom hayotga qaytarish mumkinligiga e’tibor qaratdi.

9b691f95-79d2-3782-1a3e-a04b0a8d375c

Shu yerda ko‘z mikrojarrohligi bo‘yicha o‘quv simuliyatsion markaz tashkil etish loyihasi taqdim qilindi. Davlat rahbari loyihani ma’qullab, kadrlar malakasini oshirishga xizmat qiladigan bunday simuliyatsion markazlarni tibbiyotning boshqa yo‘nalishlari va mamlakatning boshqa hududlarida ham tashkil etish zarurligini ta’kidladi.

 

Leave a Reply