Farg‘onada Erkin Vohidov kunlari bo‘lib o‘tmoqda

Farg‘onada boshlangan adabiyot bayrami “Erkin Vohidov kunlari” doirasidagi tadbirlar bilan yanada katta shodiyona aylandi. Unda poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli shoir va yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda. O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi Farg‘ona bo‘limi tomonidan e’lon qilingan O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludi munosabati bilan o‘tkazilgan tanlovda “Eng yaxshi bag‘ishlov she’r” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘ringa  Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filiali Kasbiy ta’lim yo‘nalishi 5-bosqich 114-talabasi Jaloliddin Ro‘ziboyev 1-darajali diplom va viloyat hokimligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

IMG_20181226_170414_713

IMG_20181226_170407_722

Yosh ijodkorlarimizni chin qalbimizdan tabriklab, ijodida omadlar tilab qolamiz.

        TTAFF matbuot kotibi

Leave a Reply