Toshken tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali direktorining Yangi yil bayram tabrigi!!!

121121

Hurmatli talabalar va aziz hamkasblar!
Sizlarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan chin qalbimdan tabriklayman!
O’tgan yil hammamiz uchun juda ham quvonchli keldi. Filialimiz qayta tiklanishi biz uchun unitilmas voqeaga aylandi!!! Birgalikda biz juda muhim ishni qilmoqdamiz: tibbiyot sohasida malakali mutaxassislar tayyorlamoqdamiz. Barchangiz bu jarayonga o’zingizning hissangizni sarflayapsiz.
Yangi yil hayotning yangi bosqichini boshlash imkoniyatidir. Men sizlarning har biringiz uchun 2019 yil yangi imkoniyatlar, yorqin taassurotlar va muhim qarorlar yiliga aylanishiga ishonaman. Yangi yil sizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, sixat-salomatlik va albatta oilaviy baxt olib kelsin.Eski yilda ushalmagan orzu-niyatlaringiz yangi yilda amalga oshsin.
Yangi yilingiz bilan muborak!

Toshken tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali direktori G.N. Sultanov

TTA FF matbuot kotibi

Leave a Reply