“Saxovat” uyiga qilingan saxovat

Yurtimizda shunday insonlar borki, bir chimdim mehrga intizor. Bu kabi insonlarga yordam berish har birimizning insoniylik burchimizdir. Zero, ko‘ngli yarim insonga shodlik va yaxshilik ulashish hadisu shariflarda ham ulug‘langan. 29-dekabr kuni Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali jamoasi tomonidan Farg‘ona shahrida joylashgan 1- sonli “Saxovat uyi” da istiqomat qilayotgan keksalar holidan habar olindi.

Фото014

Hayot ulkan sinovlar maydoni. Taqdir chizgilari insonga nelarni ravo ko‘rishi ma’lum emas. Ammo yaxshilikka, ezgulikka va ertangi yorug‘ kunlarga intilib yashash, dorilomon kunlarga shukrona keltirish, savobli amallarni kundalik yumushga aylantirish har birimizning qalb amrimizga aylanmog‘i lozim. Bo‘lib o‘tgan saxovat tadbirida keksalar va nogironlar holidan xabar olinib, bir piyola choy ustida samimiy suhbat qurildi.

 

 

 

Добавить комментарий