Toshkentda ilk bor tanosil xastaligi bo‘lgan bolalarda laparoskopik operatsiya o‘tkazildi

Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy pediatriya tibbiyot markazi bolalar jarrohligi bo‘limida 3-yanvardan 7-yanvarga qadar tanosil tizimi rivojlanishida tug‘ma nuqsonlari va buyrak-tosh xastaligi bo‘lgan bolalarda ilk bor operatsiyalar o‘tkazildi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

laporaskopiya

Tanosil tizimida nuqsonlari bo‘lgan 1 yoshdan 15 yoshgacha 12 nafar bola Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy pediatriya tibbiyot markazida rossiyalik yetakchi mutaxassislar professor S.G.Bondarenko va dotsent Batruddinov R.T. bilan birgalikda tekin operatsiya qilindi.

Operatsiyalarning mahalliy tibbiyot uchun noyobligi ular laparoskopik yo‘l bilan amalga oshirildi.

Ta’kidlash joizki, bu 12 operatsiya rossiyalik shifokorlarning o‘ziga xos mahorat darsi bo‘ldi.

shifokorlar

Joriy yilda turli jarrohlik xastaliklariga chalingan 600 ga yaqin bolani bepul operatsiya qilish rejalashtirilmoqda.

TTA FF matbuot kotibi

Leave a Reply