Farg‘onada o‘tkazilayotgan “Vatanparvarlik oyligi” tadbirlari

Prezidentimizning joriy yil 13-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27-yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishga muvofiq, 2018-yil 15-dekabrdan joriy yilning 15-yanvarga qadar mamlakatimizda vatanparvarlik oyligi o‘tkazmoqda. 11-yanvar kuni Farg‘onada boshlangan mazkur vatanparvarlik oyligining festivali Mudofaa vazirligi Sharqiy harbiy okrugi Fargʻona dala maydonida tashkil etildi. Tadbirda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, keng jamoatchilik, harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

photo_2019-01-11_10-34-29

photo_2019-01-11_10-34-44

Maydon uzra taralgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi barchaning qalbida o‘zgacha aks-sado berdi. Festivalda zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar namoyish etildi. Askar va serjantlar, kursantlarning ko‘rgazmali chiqishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

photo_2019-01-11_10-34-46

photo_2019-01-11_10-34-56

photo_2019-01-11_10-34-54

photo_2019-01-11_10-34-40

photo_2019-01-11_10-34-59

Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab barcha tuman va shaharlarda, ta’lim muassasalarida harbiy-vatanparvarlik ruhidagi davra suhbatlari va uchrashuvlar, tanlov va sport musobaqalari o‘tkazish rejalashtirilgan.

Respublika yoshlarining keng qatlamini qamrab olishga qaratilgan bu kabi tadbirlar Mudofaa vazirligining barcha qo‘shinlarida davomli tarzda har kuni o‘tkazilmoqda.

TTA FF matbuot kotibi

Добавить комментарий