Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligiga bagʻishlangan adabiy-badiiy kecha

Joriy yilning 11 fevral kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filialida Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligiga bagʻishlangan adabiy-badiiy kecha boʻlib oʻtdi.Kechada Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyat boʻlimi raisi, xalq shoirasi Enaxon Siddiqova, filologiya fanlari doktori, FarDU professori Habibullo Joʻraev,  “Adolat” SDP Fargʻona  viloyati Kengashi aʼzolari, 40-sonli ixtisoslashgan maktabi oʻqituvchilari, filial professor-oʻqituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.

photo_2019-02-14_08-53-21

 Tadbir davomida Alisher Navoiyning har tomonlama komil inson boʻlganligi taʼkidlanib, buyuk mutafakkirning ijodidagi tibbiyot masalalariga alohida toʻxtalib oʻtildi. Maktab oʻquvchilari tomonidan  rus va oʻzbek tillarida aytilgan sherlari va shoir hayotidan ijro etilgan sahna koʻrinish tadbirga yanada fayz bagʻishladi.

photo_2019-02-14_08-53-16

photo_2019-02-14_08-53-52

photo_2019-02-14_08-53-19

Kecha mushoira va Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqidagi viktorina bilan yakunlandi.

TTAFF matbuot kotibi

 

Leave a Reply