Farg‘onada “Bir umrga yorqin tabassum” dasturi ish boshladi

O‘zbekiston stomatologlar uyushmasidan «COLGATE» kompaniyasi ko‘magida Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialida “Bir umrga yorqin tabassum” stomatologik kasalliklar profilaktikasini targ‘ib etish dasturi ish boshladi.

Dastur bolalarda yoshlik davrdan boshlab og‘iz bo‘shlig‘ini to‘g‘ri parvarish qilish borasida mustahkam ko‘nikma hosil qilish hamda stomatologik kasalliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar majmuidan iboratdir.

IMG_20190219_185837_333

Aslida o‘g‘il-qizlarimiz salomatligini asrab-avaylash oddiy qoidalar, amallarimizdan boshlanadi. Masalan, farzandimizdan hech bo‘lmasa oyda bir marotaba: “Og‘zingni ochgin-chi, tishlaring qay holatda?”, “Tishlaringni qachon va qanday yuvayapsan?” deya so‘rab ko‘ramizmi? Afsuski, aksariyatimiz bu bilan qiziqmaymiz. Dilbandimiz tishlaridagi o‘zgarishlar, deylik, oq dog‘larning paydo bo‘lishiga yoki ahamiyat bermaymiz yoxud stomatologik bilimga ega bo‘lmaganimiz bois bunday nuqtalar kasallikning dastlabki alomatlari ekanini farqlay olmaymiz. Qachonki ularning tishlari qorayib yemirila boshlasa yoki og‘riq bezovta qilsagina shifokor huzuriga shoshilamiz.

Filialning 114 nafar talabalarini dastur kordinatorlari Yelena Tamazova va Hilola Rahmiberdievalar seminar-trening orqali o‘qitdilar.

IMG_20190219_190055_226

– Loyiha davomida shahrimiz maktablarining 20 mingdan ortiq  boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga gigienik tarbiya kompleks darslari o’tkazilib, har bir bolaga tish cho’tkasi, tish pastasi, tish tozalash jadvali hamda ota-onalar uchun eslatma flaerlari tarqatiladi, – deydi Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg’ona filiali matbuot kotibi Sayyora Ismoilova. – Yetti, o’n yoshdagi bolalarga mo’ljallangan ushbu dastur stomatologlar, stomatologik-gigienachilar va o’qituvchilarning maktab bolalariga og’iz bo’shlig’ini parvarish qilish qoidalarini o’rgatish jarayonini tashkillashtirishda yaxshi samara berada.

Dastur joriy yilning 19 martga qadar davom etadi.

TTAFF matbuot kotibi

Leave a Reply