“Biz sogʻlom turmush tarafdorimiz” va “Yoshlar huquqlari toʻgʻrisida”gi konvensiya loyihasi yuzasidan davra suhbati

22 fevral kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filiali talaba-yoshlar oʻrtasida “Biz sogʻlom turmush tarafdorimiz” va “Yoshlar huquqlari toʻgʻrisida”gi konvensiya loyihasi yuzasidan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

photo_2019-02-28_11-07-47

Tadbirda Fargʻona viloyati Adliya boshqarmasi mutaxassisi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Fargʻona viloyat boʻlimi xodimi, TTA Fargʻona filiali katta yurist-konsultanti, Fargʻona viloyati OITSga qarshi kurash markazi mutaxassislari , professor-oʻqituvchilar va talabalar qatnashdilar. Davra suhbati davomida yigʻilganlarga sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, OIV/OITS  kasalligi, giyohvandlik, ichkibozlik, tamaki chekish kabi illatlarning oldini olish haqida gapirildi. Tadbir soʻngida ishtirokchilar qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Leave a Reply