WordPress темы скачать; прочитайте про создание сайта самостоятельно; изучите русский WordPress на WordPress API.

 

“Dunyoviylik – dahriylik emas” mavzusidagi uchrashuv tadbiri

Dunyoviy taraqqiyot yo‘lini tanlagan O‘zbekistonda dinning ijtimoiy ahamiyati qayta tiklandi. Yurtimizda diniy erkinlik uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Millatlar o‘rtasida tinchlik, hamjihatlik va o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni shakllantirishda dinlarning imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda. Bu esa dinning yosh avlodni ma’naviy tarbiyalash va dunyoqarashini shakllantirishdagi faol ishtiroki bilan bog‘liq.

photo_2018-12-11_14-01-58

«Dunyoviylik-dahriylik emas» mavzusida o’tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg’ona filiali hamda Quva tumani 48 va 49-sonli maktab o’quvchilari bilan 2018 yil 26 noyabr kuni «Dunyoviylik-dahriylik emas» mavzusida o’tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o’tazildi

Uchrashuvda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg’ona filiali direktori t.f.n. G’.N.Sultonov, “Tibbiy fundamental fanlar va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri t.f.n. R.M.SHermatov, klinik ordinator B.D.Mirzaaxmedov, 48-maktab direktori o’rinbosari SH.Rustamov va 80 nafar maktab o’quvchilari katnashdilar.

1

Dastlab 48-sonli maktab direktori o’rinbosari SH.Rustamov so’zga chiqib, ushbu ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvni o’tkazishdan maqsad va uning vazifalari hamda amaliy ahamiyati haqida gapirib, yig’ilish qatnashchilarini barcha ishtirokchilarga tanishtirib o’tdi.

1-dekabr – Butun dunyoda OITSga qarshi kurash kuni

photo_2018-11-24_11-46-14

Yer yuzida istiqomat qilayotgan 37 million bemorni o‘z iskanjasiga olgan, ularga har kuni o‘lim, og‘riq, uqubutlarni eslatib turgan OITS bir kunlik kurash bilan mag‘lub bo‘lib qolmaydi. Buni yaxshi tushungan tibbiyot va farmatsevtika sohasi vakillari necha yillardirki, tinimsiz izlanishda, oxiri o‘lim bilan tugaydigan kasallikka qarshi ishonchli davo topmagan bo‘lsalar-da, bemor ahvolini yengillatish, uning umrini uzaytirish bo‘yicha birmuncha yutuqlar qo‘lga kiritildi.

O’ZBEKISTONDA ILK MAROTABA ENG SAMARALI FAOLIYAT KO’RSATAYOTGAN OLIMLAR TAQDIRLANADI

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Niderlandiyaning Elsevier kompaniyasi bilan hamkorlikda Scopus ilmiy-tahliliy ma’lumotlar bazasi versiyasi bo’yicha eng samarali faoliyat ko’rsatayotgan olimlarni tantanali taqdirlash marosimi o’tkaziladi.

Taqdirlash marosimi shu yilning 23 noyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tashkil etilib, unda vazirlik va tashkilotlar rahbarlari, QS, Times Higher Education kabi dunyoning yetakchi reyting agentliklari direktorlari, Elsevier kompaniyasi rahbarlari, xorijlik mutaxassislar hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etadi.