WordPress темы скачать; прочитайте про создание сайта самостоятельно; изучите русский WordPress на WordPress API.

 

Odam savdosi-davr muammosi

Mamlakatimizda aholining madaniyatini yuksaltirish va huquqiy tarbiyani yaxshilashga qaratilgan ishlar davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri deb belgilandi. “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi” asosida respublika Oliy ta’lim muassasalarida ham targ’ibot ishlari olib borilmoqda. Shu jumladan joriy yilning 15-fevral kuni Toshkent  tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialida ham “Odam savdosi-davr muammosi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

photo_2019-02-18_09-10-02

E’LON (ochiq ma’ruza darsi o‘tkazilishi haqida)

TTA Farg‘ona filiali “Tibbiy fundamental fanlar va axborot texnlogiyalari” kafedrasi jamoasi kafedraning ochiq darslar o‘tkazilishi bo‘yicha rejasiga muvofiq “Anatomiya” fanidan “Me’da-ichak tizimi a’zolari anatomiyasi” mavzusida kafedra professori, tibbiyot fanlari doktori Nishonov Yusuf Nishonovich tomonidan 2019-yilning 21-fevral kuni “Tibbiy profilaktika” fakulteti 1 kurs talabalariga ochiq ma’ruza darsi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

cb01865b1c

Diqqat insholar tanlovi!!!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyrugʻi asosida Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Vatan himoyasi-har bir fuqaroning sharafli burchi” va “Men nechun sevaman Oʻzbekistonni” mavzusida insholar tanlovi 3 bosqichda oʻtkaziladi. 1 va 2 – bosqich filialimiz miqiyosida, 3-bosqich Respublika miqiyosida oʻtkaziladi.

images

Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligiga bagʻishlangan adabiy-badiiy kecha

Joriy yilning 11 fevral kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filialida Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligiga bagʻishlangan adabiy-badiiy kecha boʻlib oʻtdi.Kechada Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyat boʻlimi raisi, xalq shoirasi Enaxon Siddiqova, filologiya fanlari doktori, FarDU professori Habibullo Joʻraev,  “Adolat” SDP Fargʻona  viloyati Kengashi aʼzolari, 40-sonli ixtisoslashgan maktabi oʻqituvchilari, filial professor-oʻqituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.

photo_2019-02-14_08-53-21