WordPress темы скачать; прочитайте про создание сайта самостоятельно; изучите русский WordPress на WordPress API.

 

Islom Karimov tavalludiga bag‘ishlangan xotira tadbiri

Mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi, Islom Abdug‘anievich Karimov o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko‘p asrlik tarixida o‘chmas iz qoldirdi. U nafaqat O‘zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanildi.Bu insonning pok xotirasini abadiylashtirish maqsadida tavallud ayyomi munosabati bilan Oʻzbekiston boʻylab tadbirlar oʻtkazilmoqda. Joriy yilning 29-30 yanvar kunlari Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filialida ham xotira suhbatlari oʻtkazildi. Tadbirda I.Karimov haqidagi video film namoyish etildi. Talabalar tomonidan bagʻishlov sheʼrlar oʻqildi.

1

“Yoshlar orasida huquqbuzarlikni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurash” mavzusida davra suhbati

Joriy yilning 30 yanvar kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filialida “Biz-adolat-qonun ustuvorligida” tamoyili ostida “Yoshlar orasida huquqbuzarlikni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurash” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

photo_2019-01-31_08-53-59 

Kelajak yoshlar qoʻlida

Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filiali,Fargʻona Davlat universiteti , O’zbekiston “Adolat” partiyasi Fargʻona viloyat kengashlari  hamkorligida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yuqumli boʻlmagan kasalliklarning profilaktikasini, sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash  aholining jimoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi  qarori va 2018 yil 18 dekabr kungi zamonaviy kadrlarga ehtiyojni taʼminlash, bilimli yoshlarni strategik sohalarga  jalb etish masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda soʻzlagan maʼruzada kelib chiqib, “Yosh adolatchilar klubi” tashkil qilindi.

 photo_2019-01-30_09-31-46

“Korruptsiyaga va jinoyatchilikka qarshi kurashish” masalasida yig’ilish

Joriy yilning 29 yanvar kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filiali yigʻilishlar zalida DXX Fargʻona viloyat boshqarmasi, viloyat prokuraturasi xodimlari, filial professor-o’qituvchilari va xodimlari ishtirokida  “Korruptsiyaga va jinoyatchilikka qarshi kurashish”  masalasida yig’ilish bo’lib o’tdi.

photo_2019-01-31_08-50-16