Biofizika va biokimyo kafedrasi: Kategoriya arxivlari

Biofizika va biokimyo kafedrasi professor-o’qituvchilari

Muhammadjon Qoraboev professor, fizika-matematika fanlari doktori, xalqaro axborotlashtirish akademiyasi akademigi, professor M. Qaraboev Molekulyar va Issiqlik fizikasi, aborot va ta'lim texnologiyalari sohasida xalqaro miqyosida tan olingan olimdir. Uning ushbu soxalarda 200 dan ortiq ilmiy maqolalari Respublikamiz va xorijiy dvlatlarning yetakchi ilmiy jurnallarida chop etilgan. 25 ixtirolar va 8 ta kompyuter dasturlari xammuallifi. Ilmiy pedagogik kadrlar tayorlashda faol qatnashib 2 fan doktori, 7 fan nomzodlarini tayorlagan xamda 2 fan doktori va 5 fan nomzodlarini tayorlashda faol qatnashgan. Xozirda, davolash muassasalarida tashxis va davolash jarayonlarini tashkillash va boshqarishni elektron texnologiyalarini, xamda shifokorlar faoliyatini intelektual xamda aborot bilan qo’llab quvvatlashga asoslangan tibbiyot axborot texnologiyalarini yaratish; Biologik suyuqliklarni suvsizlantirish yo’li bilan olingan kristallarni marfologik tarkibini organizimdagi patologik jarayonlarga bog’liqligini aniqlash orqali sodir bo’lishi mumkin bo’lgan prognoz beruvchi, arzon va noinvaziv usullarni barpo qilish ustida shogitlari bilan xamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Ta'lim jarayonini samaradorligini yaxshilash, talabalar bilimlarini baxolishda test texnologiyalarini barpo qilish, chettillarini va axborot texnologiyalarini kasbga yo’naltirilgan prinsipda o’rgatishni kompyuter texnologiyalarini barpo qilish bo'yicha bir qancha amaliy taklif va ishlanmalar mualllifi. Ta'lim muassasalarini boshqarish soxasidagi amaliy yutuqlari tan olinib 2004 yili u Strategik menedjment bo’yicha xalqaro (Fransiya) oltin medali bilan taqdirlangan.

Raxmatullayev IzzatulaKimyo fanlari nomzodi, dosent Ilmiy yo’nalishi: Glikozilizotiosianat asosida uglevod tutgan geterosikllar sintezi va ularning xossalarini o’rganish. Ushbu mavzuda asosan suvda yaxshi eriydigan, organizimga asorati kam bo’lgan, biomembranalardan oson o’tuvchan va organizimdan tez ajraluvchi fiziologik faol moddalar sintezi maqsad qilib olingan. Shu kungacha tadqiqotlar natijasida jami 112 ta ilmiy ishlar e'lon qilingan bunda 72 ta chetelda, 17 ta Respublika, 23 ta TTAFF ilmiy jurnallar va ilmiy amaliy anjumanlar to’plamida chop etilgan. Shu jumladan: Sintez qilingan uglevod xosilali geterosikllarning 64 tasini birinchi marta sintez qilinganligi xaqidagi (VNII po BIXS registrasiyasidan o’tkazilib) mualliflik spravkalarini olishga muvaffiq bo’lingan. Shuningdek: O’zbekiston Respublikasi D.I. Mendeleev nomidagi kimyogarlar jamiyatining “На лучшую разработку по созданию и внедрению высоко эффективных технологии” mavzusidagi ko’nkursida qatnashib II – darajali diplom va pul mukofoti bilan taqdirlangan (protokol ?27 ot 19.12.1990 g.).

Botirov Murodjon katta o'qituvchi, kafedrada 1998 yildan faoliyat ko'rsatib kelmoqda. 1993-1998 yillarda Toshkent Davlat 2-tibbiyot institutining "Tibbiy muhandislik ishi" fakultetini tamomlagan. Kafedrada tibbiy va biologik fizika va informatika va axborot texnoogiyalari fanlaridan ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarni olib bormoqda. Diagnostikaning yangi usullarini ishlab chiqish, shuningdek amaldagi usullar imkoniyatlarini kengaytirish muammolari ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Hozirgacha olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida 10 dan ortiq ilmiy maqolalar respublika ilmiy jurnallarida chop etilgan.

Abdumanonov Ahrorjon, asissent, kafedrada 2011 yildan faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Xozirda "Informatika va axborot texnologiyalari" fanidan dars bermoqda.Ilmiy izlanishlari xozida dolzarb bo'lgan Tibbiyot axborot texnologiyarai masalalariga baq'ishlangan. Tibbiy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini barpo qilish soxasida:kafedra xodimlari bilan birgalikda Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazining Fargona filial yetakchi vrach xodimlari bilan birgalikda tez tibbiy yordam ko'rsatishdagi tashxis va davolash jarayonlarini tashkillashni va boshqarishni optimallashtirishni kompyuter texnologiyalarini barpo qilindi va klinik sinovdan o'tkazilib klinik stasionar sharoitida foydalanish uchun taqdim etdilar. Bajarilgan ilmiy-amaliy ishlar natijalari tez tibbiy yordam muammolari bo'yicha Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida, axborot-kommunikasiya texnologiyalari boyicha Milliy Sammitda, Tibbiy kompyuter texnologiyalari bo'yicha Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg'ona filialini ilmiy konferensiyasida ma'ruzalar qilind va boshqa xorijiy davlat ilmiy jurnallarida chop qilingan. O'zbekiston Patent idorasi tomonidan Davlat reystrida 5 ta kompyuter programmasi va 2ta axborot bazasi rasmiy ro'yxatdan o'tkazilib maxsus shaxodatnomalar berildi.

Biofizika va biokimyo kafedrasi faoliyati

Kafedra 1993 – yilda Farg’ona Davlat Universiteti Tibbiyot markazi qoshida shakllantirilgan. Dastlab kafedrada biofizika, informatika, tibbiy apparatlarini tuzatish va ekspluatasiya qilish, rentgenologik apparatlar, Kompyuter diagnostikasi apparatlari kabi predmetlar o’qitilib kafedraga dosent B.Karimov raxbarlik qilgan. Vazirlar Maxkamasining qaroriga asosan 1998-yilda Tibbiyot markazi Toshkent Davlat 2-tibbiyot institutining Farg’ona filialiga aylantirilishi munosabati bilan, Biofizika va biokimyo kafedrasi qayta shakllantirilib unga raxbar xalqaro axborotlashtirish akademiyasi akademigi, professor M.Qoraboev saylandi.

1998-yildan boshlab hozirgi kunga qadar kafedrada tibbiy va biologik fizika, biokimyo, bioneorganik kimyo, bioorganik kimyo, tibbiyot texnikasi va yangi texnologiyalar, DSENM laboratoriyalarida analizining fizik-kimyoviy usullari, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan maruzalar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari olib boriladi. Kafedrada biofizika, tibbiyot texnikasi, bioneorganik kimyo, bioorganik kimyo, biokimyo laboratoriyalari va kompyuter sinfi mavjud. Hamma laboratoriyalar laboratoriya jixozlari bilan jixozlangan.

Kafedrada xozirga kadar bir necha yunalishlar buyicha ilmiy izlanishlar olib borilmokda. Jumladan :

a) Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Farg’ona filiali vrachlariga informasion-komunikasion yordam beruvchi "EXTERNET" dasturi barpo qilinib, amalda tadbiq etildi. Buning natijasida bir qancha maqolalar, tazislar yozilib Respublika va xorijiy ilmiy anjumanlarida ma'ruzalar o’qildi. Sog’liqni Saqlash Vazirligining buyrugiga asosan bu dasturni xozir Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining viloyatdagi filiallarida ishlatish choralari ko’rilmoqda.

b) Organik kimyo soxasi buyicha dosent I. Raxmatullaev dorivor moddalar yunalishi borasida tadqiqot ishlari olib borib shu kungacha mavzu buyicha 80 dan ortiq maqolalar e'lon qilindi. Shu jumladan Yangi moddalar sintezi buyicha 64 ta mualliflik spravkalari olindi. Xozirda doktorlik dissertasiyasini yakunlash borasida yakuniy ishlar qilinmoqda.

v) Kafedra katta o’qituvchisi P. Igamberdieva dorivor o’simliklardan yangi alkoloidlarni qidirish yo’nalishida ishlar olib borib, xozirda yangi olingan moddalarning 5 tasini strukturalari va xossalarini o’rganmoqda.

g) Kafedra katta o’qituvchisi M.Botirov biologik suyuqliklarning kristallanishi va ular asosida kasaliklarga tashxis quyish masalalari ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

e) Kafedra katta ukituvchisi A.Abdumanonov davolash va tashxis qo'yishda tibbiyot axborot tizimlarinidan foydalanish masalalari bilan shug'illanib shu yo'nalishda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Fargona filialida ilmiy ishlarni ilib bormoqda. Ilmiy ishlani dastlabki natijasi sifatida markasda "ExterNET" tibbiyot axborot tizimini barpo qilib xozirda klinik sinovdan o'tkazmoqda.

Kafedra tashkil bo’lgandan buyon xodimlar tomonidan 200 dan ortiq ilmiy maqola, 50 ga yaqin uslubiy qullanmalar va 2 ta monografiya, 5 ta o’quv qo’llanmalari tayyorlangan va 5 ta ixtiro patenti olingan