Filial yangiliklari: Kategoriya arxivlari

“Ichki kasalliklar” kafedrasi yangi oʻquv binosining ochilish marosimi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filialining Fargʻona viloyat shifoxonasida joylashgan “Ichki kasalliklar” kafedrasi yangi oʻquv binosining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda filialimiz direktori Sultonov Gʻofurjon Nematbekovich, bosh shifokor Roʻzinboy Turg’inboyevich va kafedra professor-oʻqituvchilari ishtirok etdilar.

photo_2018-12-20_07-40-29

KONSTITUTSIYA – BAXTIMIZ QOMUSI

Hozirgi kunda yer yuzida mavjud davlatlarning deyarli barchasi о‘zlarining erkin siyosati, tili, davlat ramzlariga ega. Ammo ularning hammasi ham о‘z konstitutsiyasiga ega emas. Bilamizki, 8-dekabr sanasini har yili kо‘tarinki kayfiyatda о‘tkazish odat tusiga aylangan. Negaki, bu sanada mustaqil О‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilingan. 1992-yildan beri bu kun respublikamiz siyosiy hayotida muhim о‘rin tutgan kun sifatida qaralib kelinmoqda. “Konstitutsiyamiz – qomusimiz” shiori ostida Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali talabalari o’rtasida “Siz qonunni bilasizmi” viktorinasi va bayram tadbiri  o‘tkazildi.

photo_2018-12-07_21-39-01

“Dunyoviylik – dahriylik emas” mavzusidagi uchrashuv tadbiri

Dunyoviy taraqqiyot yo‘lini tanlagan O‘zbekistonda dinning ijtimoiy ahamiyati qayta tiklandi. Yurtimizda diniy erkinlik uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Millatlar o‘rtasida tinchlik, hamjihatlik va o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni shakllantirishda dinlarning imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda. Bu esa dinning yosh avlodni ma’naviy tarbiyalash va dunyoqarashini shakllantirishdagi faol ishtiroki bilan bog‘liq.

photo_2018-12-11_14-01-58

«Dunyoviylik-dahriylik emas» mavzusida o’tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg’ona filiali hamda Quva tumani 48 va 49-sonli maktab o’quvchilari bilan 2018 yil 26 noyabr kuni «Dunyoviylik-dahriylik emas» mavzusida o’tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o’tazildi

Uchrashuvda Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg’ona filiali direktori t.f.n. G’.N.Sultonov, “Tibbiy fundamental fanlar va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri t.f.n. R.M.SHermatov, klinik ordinator B.D.Mirzaaxmedov, 48-maktab direktori o’rinbosari SH.Rustamov va 80 nafar maktab o’quvchilari katnashdilar.

1

Dastlab 48-sonli maktab direktori o’rinbosari SH.Rustamov so’zga chiqib, ushbu ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvni o’tkazishdan maqsad va uning vazifalari hamda amaliy ahamiyati haqida gapirib, yig’ilish qatnashchilarini barcha ishtirokchilarga tanishtirib o’tdi.