Biofizika va biokimyo kafedrasi faoliyati

Kafedra 1993 – yilda Farg’ona Davlat Universiteti Tibbiyot markazi qoshida shakllantirilgan. Dastlab kafedrada biofizika, informatika, tibbiy apparatlarini tuzatish va ekspluatasiya qilish, rentgenologik apparatlar, Kompyuter diagnostikasi apparatlari kabi predmetlar o’qitilib kafedraga dosent B.Karimov raxbarlik qilgan. Vazirlar Maxkamasining qaroriga asosan 1998-yilda Tibbiyot markazi Toshkent Davlat 2-tibbiyot institutining Farg’ona filialiga aylantirilishi munosabati bilan, Biofizika va biokimyo kafedrasi qayta shakllantirilib unga raxbar xalqaro axborotlashtirish akademiyasi akademigi, professor M.Qoraboev saylandi.

1998-yildan boshlab hozirgi kunga qadar kafedrada tibbiy va biologik fizika, biokimyo, bioneorganik kimyo, bioorganik kimyo, tibbiyot texnikasi va yangi texnologiyalar, DSENM laboratoriyalarida analizining fizik-kimyoviy usullari, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan maruzalar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari olib boriladi. Kafedrada biofizika, tibbiyot texnikasi, bioneorganik kimyo, bioorganik kimyo, biokimyo laboratoriyalari va kompyuter sinfi mavjud. Hamma laboratoriyalar laboratoriya jixozlari bilan jixozlangan.

Kafedrada xozirga kadar bir necha yunalishlar buyicha ilmiy izlanishlar olib borilmokda. Jumladan :

a) Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Farg’ona filiali vrachlariga informasion-komunikasion yordam beruvchi "EXTERNET" dasturi barpo qilinib, amalda tadbiq etildi. Buning natijasida bir qancha maqolalar, tazislar yozilib Respublika va xorijiy ilmiy anjumanlarida ma'ruzalar o’qildi. Sog’liqni Saqlash Vazirligining buyrugiga asosan bu dasturni xozir Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining viloyatdagi filiallarida ishlatish choralari ko’rilmoqda.

b) Organik kimyo soxasi buyicha dosent I. Raxmatullaev dorivor moddalar yunalishi borasida tadqiqot ishlari olib borib shu kungacha mavzu buyicha 80 dan ortiq maqolalar e'lon qilindi. Shu jumladan Yangi moddalar sintezi buyicha 64 ta mualliflik spravkalari olindi. Xozirda doktorlik dissertasiyasini yakunlash borasida yakuniy ishlar qilinmoqda.

v) Kafedra katta o’qituvchisi P. Igamberdieva dorivor o’simliklardan yangi alkoloidlarni qidirish yo’nalishida ishlar olib borib, xozirda yangi olingan moddalarning 5 tasini strukturalari va xossalarini o’rganmoqda.

g) Kafedra katta o’qituvchisi M.Botirov biologik suyuqliklarning kristallanishi va ular asosida kasaliklarga tashxis quyish masalalari ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

e) Kafedra katta ukituvchisi A.Abdumanonov davolash va tashxis qo'yishda tibbiyot axborot tizimlarinidan foydalanish masalalari bilan shug'illanib shu yo'nalishda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Fargona filialida ilmiy ishlarni ilib bormoqda. Ilmiy ishlani dastlabki natijasi sifatida markasda "ExterNET" tibbiyot axborot tizimini barpo qilib xozirda klinik sinovdan o'tkazmoqda.

Kafedra tashkil bo’lgandan buyon xodimlar tomonidan 200 dan ortiq ilmiy maqola, 50 ga yaqin uslubiy qullanmalar va 2 ta monografiya, 5 ta o’quv qo’llanmalari tayyorlangan va 5 ta ixtiro patenti olingan

Leave a Reply