Gigiyena va jamoat sog’lig’ini saqlash kafedrasi

Kafedra “Tibbiyot markazi” qoshida Farg’ona Davlat Universiteti Ilmiy Kengashining 1993 yil 29 sentabrdagi 110-sonli qarori va universitet rektorining 1994 yil 12 dekabr 512-L buyrug’iga asosan tashkil etilib, unga t.f.n. dotsent B.M.Mamatqulov raxbarlik qilgan.

Kafedrada “Ijtimoiy gigiyena va sog’liqni saqlashni tashkil etish”, “Umumiy, radiatsion va xarbiy gigiyena”, “Ovqatlanish gigiyenasi”, “Bolalar va O’smirlar gigiyenasi”, “Komunal gigiyena”, “Mexnat gigiyenasi”, “Tibbiyot tarixi”, “Biostatistika”fanlaridan mashg’ulotlar olib borilgan.

Toshkent Davlat Ikkinchi tibbiyot institutining Farg’ona filialining 1998-yil 12-avgustdagi 77-sonli buyrug’i va Toshkent Davlat Ikkinchi tibbiyot institutining Farg’ona filialining 1998-yil 20-avgustdagi buyrug’iga asosan “Gigiyena” kafedrasi tarkibidan “Gigiyena I” va “Gigiyena II” Kafedralari ajralib chiqdi hamda “Gigiyena I” kafedrasiga t.f.n. B.M. Mamatqulov kafedra mudiri etib tayinlandi, keyinchalik mazkur kafedra “Ovqatlanish, , bolalar va o’smirlar gigiyenasi, ijtimoiy gigiyena va sog’liqni sasqlashni tashkil etish ” kafedrasi deb atala boshladi.

Oradan uch yil o’tgandan so’ng, filial direktorining 2001-yil 16- iyul 46-SH buyrug’iga binoan t.f.n. dotsent E.Z.Isoqov “Ovqatlanish, , bolalar va o’smirlar gigiyenasi, ijtimoiy gigiyena va sog’liqni sasqlashni tashkil etish ” kafedrasi mudiri etib mudiri etib tayinlandi.

Xozirda mazkur kafedra Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi “Gigiyena va jamoat sog’lig’ini saqlash” kafedrasi deb atalmoqda va unga 2006-2012 yillarda professor. SH.S.Baxritdinov kafedra mudiri sifatida faoliyat olib bordi. Shu yili 2012-2013 o’quv yilining boshidan mazkur kafedraga tibbiyot fanlari doktori E.Z. Isoqov raxbarlik qilib kelmoqda. Kafeda “Tibbiyot taixi ”, “ Jmoat salomatligi va sog’liqni saqlashni boshqarish” , “Ovqatlanish gigiyenasi”, “Bolalar va o’smirlar gigiyenasi”, “Jamoda xamshiralik ishi” fanlaridan mashg’ulotlar olib borilmoqda.

Tarixan qisqa davr orasida kafedrani kadrlar bilan taminlash, uning-moddiy texnik bazasini mustaxkamlash borasida bir munch ishlar amalgam oshirildi.

Kafedrada o’quv, o’quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-tadqiqot ishlari yo’lga qo’yildi.

Leave a Reply